Buxoroda «Moskvich» ariqqa cho‘kdi: qurbonlar bor (FOTO +18)

Buxoroda «Moskvich» ariqqa cho‘kdi: qurbonlar bor (FOTO +18)

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining bergan xabariga ko‘ra, joriy yilning 10 avgust kuni soat taxminan 15:30 larda fuqaro U.B., ishonchnoma asosida boshqaruvida bo‘lgan «Moskvich» rusumli avtomashinani G‘ijduvon tumani “Sohibiyon” MFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘l ya’ni Sohibiyon qishlog‘idan Sho‘rcha qishlog‘i tomonga boshqarib ketayotganida, avtomashinaning old tomon g‘ildiragi chiqib ketishi oqibatida, boshqaruvni yo‘qotib, harakat yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lning chap tomonidagi ariqqa ag‘darilib ketgan.

Buxoroda «Moskvich» ariqqa cho‘kdi: qurbonlar bor (FOTO +18)Buxoroda «Moskvich» ariqqa cho‘kdi: qurbonlar bor (FOTO +18)

Natijada, avtomashina yo‘lovchilari 50 yoshli A.I. va 44 yoshli G‘.R.lar hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etganlar.

Hozirda mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!