Buxoroda 3 mlrd 31 mln so‘mlik mojaro qanday yechim topdi?

Buxoroda 3 mlrd 31 mln so‘mlik mojaro qanday yechim topdi?

Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudining 2019 yil 29 yanvardagi qarzdor Buxorogazsanoatqurilish aksiyadorlik jamiyati hisobidan undiruvchi Muborakneftgazmontaj aksiyadorlik jamiyati foydasiga 3 mlrd. 31 mln. so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Buxoro shahar bo‘limi ish yurituviga 2019 yil 31 yanvar kuni kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorning hisob raqamiga band solingan.

Shuningdek, qarzdor korxona boshqa bir korxona undan qarzdorligini ma’lum qilib solishtirma dalolatnoma taqdim qilgan hamda ushbu qarzdorlik solishtirma dalolatnoma asosida qarzdorning debitoridan undirilib, ijro hujjati ijrosi to‘liq ta’minlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!