Buxoro va Qoraqalpog‘istondagi mudhish YTHlarda 9 kishi halok bo‘ldi

Buxoro va Qoraqalpog‘istondagi mudhish YTHlarda 9 kishi halok bo‘ldi

Kecha, 22 oktyabr kuni O‘zbekistonda ikkita mudhish yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
YTHlarning birinchisi, Buxoro viloyati Jondor tumanida yuz bergan. Halokat taxminan soat 12:00 da tumanning Gazli hududidn o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 333 km.da sodir bo‘lgan. Lacetti rusumli avtomobil boshqaruvni eplay olmay Isuzu rusumli yuk mashinasining orqa qismiga kelib urilgan.
 
To‘qnashuv natijasida Lacetti avtomobilida yong‘in chiqib,  mashina ichidagi 4 nafar fuqaro vafot etgan. Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
 
Halokatli YTHning ikkinchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani hududida sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa tumandan o‘tuvchi A-380 “Buxoro-Nukus-Beruniy” yo‘lining 680 km.da yuz bergan.
 
Nexis rusumli avtomobil boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tarafdan kelayotgan Cobalt rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan.
 
YTH natijasida 5 nafar fuqaro vafot etgan va 5 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Jarohatlangan fuqarolar Beruniy tumani shifoxonasiga yotqizilgan.
 
Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari boshlangan.

Qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!