"Bukrini go‘r tuzatadi!" yoxud bir necha bor sudlangan fuqaro yana jinoyatga qo‘l urdi

"Bukrini go‘r tuzatadi!" yoxud bir necha bor sudlangan fuqaro yana jinoyatga qo‘l urdi

Sudlanuvchi J.O.X. muqaddam bir necha marotaba sudlanib, oxirgi marotaba 2019 yil fevral oyidan avgust oyiga qadar sodir etgan jinoyatlari yuzasidan 07.01.2020 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha ...... shahar sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi   3-qismining “b” bandi bilan hukm qilinguniga qadar, qasddan jinoyat sodir etish yo‘lida davom etib, aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida, 2019 yil 22 may kuni A.SH.N va R.X.M.larga uzunligi 12 metr bo‘lgan 3 dona konteynerni jami 3450 AQSh dollari miqdoridagi pullarni qo‘lga kiritib, SH.A va X.R.larning ishonchiga kirib, ularni ishontirish uchun 2 dona konteynerni keltirib berib, aldov yo‘li bilan 9.730.058 so‘m pulni qo‘lga kiritib, qolgan 1 dona konteynerni keltirib bermasdan, mazkur konteyner uchun olgan pulni o‘z shaxsiy manfaatlari yo‘lida sarflab, jabrlanuvchiga jami 9.730.058 so‘m moddiy zarar yetkazib, xavfli residiv firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Sudda sudlanuvchi J.O.X.o‘ziga qo‘yilgan aybga to‘liq iqrorligini bildirib, muqaddam u aliment, o‘zganing mulkini talon-toroj qilish, firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganligi uchun bir necha marotaba sudlanganligini, oxirgi marotaba jinoyat ishlari bo‘yicha ...... shahar sudi tomonidan 2020 yil 7 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi JK 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan sudlanib, axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanganligini, hozirda ...... tuman IIO probasiya guruhida ro‘yxatda turishini va Buxoro shahridagi “........” MCHJda ish boshqaruvchi – haydovchi vazifasida ishlab, jazoni o‘tab kelayotganligini, 2019 yil may oylarida unga tanishi R.X qo‘ng‘iroq qilib, “......” korxonasiga uzunligi 12 metr bo‘lgan 3 dona konteyner sotib olishini bildirib, konteyner bor yoki yo‘qligini so‘raganligini, ular Buxoro shahri ....... ko‘chasida joylashgan “.....” korxonasi yonidagi firmaga borishganligini, u yerda u X.R.ga sotiladigan 1 dona konteyner ko‘rsatganligini, X.R. mazkur konteynerni sotib olishga rozi bo‘lganligini, keyin Buxoro shahridagi 6-kichik nohiyada joylashgan “.....” mebel jihozlarni sotidigan joyda borib, yana 2 dona konteynerni ko‘rsatganligini, X.R.ga konteynerlar ma’qul kelganligini, ular har bir konteynerni 1.150 AQSh dollardan, so‘mga 33.000.000 so‘mga narxini kelishib olishganligini, shu kunning o‘zida u konteynerlar uchun 3.450 AQSh dollari olganligini, ertasi kuni u 1 dona konteynerni “......” yonida bo‘lgan firmadan, ikkinchi konteynerni esa ......” mebel jihozlar sotiladigan joydan olib, ........ tumanida joylashgan “......” korxonasiga eltib berganligini, u konteynerlarni 1000 AQSh dollaridan, jami 2000 AQSh dollariga olganligini, u yana bir dona konteyner eltib berishi lozim bo‘lganligini va shunga va’da qilganligini, lekin o‘sha payt ukasi yo‘l transport hodisasini sodir etganligini va ko‘p pul sarflanganligini, shunga u konteyner uchun olgan pulni ishlatganligini, shu sababli oxirgi konteynerni X.R.ga yetkaza olmaganligini, bu haqda X.R.ga ham aytganligini, 2019 yil dekabr oyi boshlarida uyiga A.SH. kelganligini, shunda u SH.A. tanishi X.R. bilan birga ishlashini bilganligini, SH.A. undan konteyner uchun olgan 1.150 AQSh dollarini qaytarishni so‘raganligini, u tez orada konteyner pulini qaytarishga va’da qilganligini, lekin 2019 yil 12 dekabrda oldin qilgan jinoyatlari uchun qamalganligini, bundan xabar topgan SH.A. ustidan ariza yozganligini, uning X.R. va SH.A. o‘rtasida ilgari kelishmovchilik bo‘lmaganligini, u Buxoro shahar ..... ko‘chasida joylashgan “.....” istirohat bog‘ida 3 dona konteyner uchun 3.450 AQSh dollari olganligini, konteyner uchun u SH.A.ga 9.750.000 so‘m berib, yetkazilgan zararni jabrlanuvchiga to‘liq qoplaganligini, jabrlanuvchining unga da’vosi yo‘qligini, jabrlanuvchidan kechirim so‘rashini, oilaviy sharoitini inobatga olib, qonuniy yengillik berilishini so‘rab ko‘rsatuv berdi.

Sudlanuvchi J.O.X.O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi    168-moddasi 3-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilsin va unga qilmishiga yarasha va shaxsiga mos jazo tayinladi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Buxoro shahar sudi raisi

                                                                                                     N.YU.Sharopov


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!