Braziliyada karantin joriy qilinmayapti, ahvol esa juda achinarli tus olmoqda

Braziliyada karantin joriy qilinmayapti, ahvol esa juda achinarli tus olmoqda

Koronavirus infeksiyasi ushbu mamlakatga nisbatan kechroq kirib keldi. Biroq qisqa davrda u Yevropa davlatlarini quvib o‘tdi va hozircha faqat Rossiya va AQShdan keyingi o‘rinda bormoqda. Oxirgi paytlari ko‘rsatkichlar ayniqsa juda tez o‘smoqda. Eng xavotirli tomoni shundaki, Braziliya hukumati tarqatayotgan rasmiy ko‘rsatkichlar mamlakatdagi haqiqiy ahvolga mos kelmasligi mumkin.

Oxirgi sutkaning o‘zida mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 20 ming kishiga yaqinlashgan va jami bemorlar soni 300 mingga yetay deb qoldi, 19 ming bemor koronavirus qurboniga aylangan.

Shunday bo‘lsa-da, mamlakatda karantin tartiblari joriy qilinmayapti. Cheklovlar tibbiy nuqtai-nazardan to‘g‘ri chora deyilgani bilan, iqtisodiy tomondan maqbul ko‘rilmayapti va bu borada prezident bilan hududlar rahbarlari o‘rtasida tortishuvlar ham tinmayapti. Ammo hudud rahbarlari ham, prezident ham o‘zlarining haqligini isbotlash bilan ovora bo‘layotgan bir paytda mamlakatda koronavirus pandemiyasi jadal sur’atlarda tarqalishda davom etmoqda. Braziliya chuqur tibbiy-siyosiy inqiroz yoqasida turibdi, deyiladi “Lenta.ru” tarqatgan ushbu xabarda.

Braziliyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat fevral oyining oxirida aholi zichligi bo‘yicha dunyoda eng oldingi o‘rinlarda turgan San-Paula shahrida qayd qilingan edi. 19 mayga kelib esa koronavirusga chalinish holati bo‘yicha bu mamlakat g‘arbiy yarim sharda AQShdan keyin ikkinchi, dunyoda bo‘yicha esa uchinchi o‘ringa chiqib oldi.

Braziliya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Yevropadagi infeksiya eng ko‘p tarqalgan Buyuk Britaniya, Ispaniya va Italiyani bir haftada quvib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!