Boysunda "Isuzu" avtomobili yukxonasida xo‘jalik mollari orasiga pirotexnika vositalari yashirilganligi aniqlandi

Boysunda "Isuzu" avtomobili yukxonasida xo‘jalik mollari orasiga pirotexnika vositalari yashirilganligi aniqlandi

Bugun, 2022 yil 21 noyabr kuni soat 05:15 larda, Surxondaryo viloyati, Boysun tumani hududida YHXB hamda boshqa sohaviy xizmatlarning xodimlari hamkorligidagi tezkor tadbir davomida "Toshkent-Denov" yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan "Isuzu" rusumli yuk avtomobili to‘xtatilgan. Tekshiruv davomida avtomobilning yukxonasidagi xo‘jalik mollari orasidan yashil rangli qoplarga solingan, jami 27 dona katta qutilar ichida "Britanik", "Treniya" yozuvli pirotexnika vositalari olib ketilayotganligi aniqlangan.

Holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi va aniqlangan pirotexnika vositalari viloyat IIBga topshirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!