Boks. O‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining statistikalari

Boks. O‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining statistikalari

Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining statistikalari bilan tanishtirib o‘tamiz.

O‘smirlar:

Ushbu musobaqaning o‘smirlar yo‘nalishida 22 ta davlatdan 215 nafar (78 qiz, 137 yigitlar) bokschi 13 ta vaznda medallar uchun ringga chiqishdi.

Qit’a birinchiligida eng kichik delegasiya bilan Yaman davlati ishtirok etdi - 1 nafar bokschi. To‘liq tarkib bilan esa Hindiston, Qozog‘iston va O‘zbekiston jamoalari qatnashdilar.

Yakunda 9 ta davlat vakili oltin medallarga ega chiqdi. Jamoaviy hisobda esa 10 oltin, 4 ta kumush va 7 bronza medali bilan hindistonliklar birinchi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinda Qozog‘iston va ularda 6 oltin, 8 kumush, 7 ta bronza. Kuchli uchlikda bizning o‘smirlar terma jamoasi ular tarkibida esa 4 ta oltin, 7 kumush va 11 ta bronza medallari bor.

Jami medallar soni bo‘yicha o‘smirlarimiz 22 ta medal bilan peshqadam va keyingi o‘rinda Hindiston hamda mezbon Qozog‘iston, ular musobaqa davomida 21 ta medalni naqd qilishgan

Yoshlar:

Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ham 22 ta davlatdan 220 nafar (73 qiz, 147 yigit) bokschi medallar uchun bahslarga kirishdi. 25 ta vazn toifasi.

Umumiy ishtirok bo‘yicha esa eng kam bokschi bilan qatnashgan davlatlar Malayziya va Gonkong - bittadan. Eng katta tarkib bilan esa yana bir bor Hindiston, Qozog‘iston, O‘zbekiston terma jamoalari yetakchi bo‘ldi.

Yakunda eng ko‘p finalchilar bizning jamoada 16 ta. Oltin medallarni bo‘lsa 4 ta davlat vakillari bo‘lishib olishdi.

Umumiy medal jamg‘arishda, mezbonlar 9 oltin, 3 kumush, 8 bronza bilan birinchi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni esa Yoshlar terma jamoamiz 8 oltin va yana shuncha kumush hamda 4 ta bronza bilan qayd etishdi. Uchlikni hindistonliklar 6 oltin, 8 kumush va 6 dona bronza bilan yakunlashdi.

Medallarning jami soni bo‘yicha, Hindiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston davlatlari 20 tadan jamg‘arib yetakchilik qilishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!