BMTdan adolat kutish befoyda – Erdo‘g‘an

BMTdan adolat kutish befoyda – Erdo‘g‘an

BMTdan ham, uning Xavfsizlik kengashidan ham adolat kutish befoyda. Bunday fikrni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an aytib o‘tdi. Turkiya rahbari yana bir bor BMTda islohotlar o‘tkazish kerakligiga chaqirgan.

Erdo‘g‘an musulmonlarga global muammolarni hal qilish huquqi rad etilganidan arz qilgan. Uning ta’kidlashicha, islom davlatlari hattoki o‘z kelajaklarini muhokama qilishdan chetlatilgan. Oqibatda 1,7 mlrd kishilik islom dunyosi BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari qatorida bildirilmagan. Yana qaytaraman, Xavfsizlik kengashining 5 doimiy a’zosi dunyo taqdirini hal qilmasligi lozim , deb aytgan Erdo‘g‘an.

Uning aytishicha, oxirgi 16 yil ichida (Erdo‘g‘an hokimiyat tepasiga 2002 yil oxirida kelgan) Turkiya unga asrlar davomida o‘tkazishga harakat qilingan tashqi tobelikdan xalos bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.

Erdo‘g‘an o‘z nutqi davomida axborot sohasida himoyani ta’minlash muhimligini ta’kidlab o‘tgan. Biz axborotni himoyalashga o‘z chegaramiz himoyasidek qarashimiz kerak. Bugunda kiberhujumlar va kiberhimoyadagi kamchiliklar fuqarolar shaxsiy ma’lumotlari va davlat xavfsizligiga asosiy tahdidlar hisoblanadi , deb aytgan Turkiya rahbari.

Erdo‘g‘an Turkiya kosmik agentligining tashkil etilishini yana bir tarixiy qadam deb atagan.

Oktyabrda Erdo‘g‘an milliardlab odamlar o‘z umidlarini bog‘lovchi BMT tom ma’noda barbod bo‘layotganini aytgandi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!