BMT qochishga uringan Dubay malikasining taqdiri bilan qiziqyapti

BMT qochishga uringan Dubay malikasining taqdiri bilan qiziqyapti

BMT Dubay amiri va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) bosh vaziri, milliarder Muhammad ibn Rashid al-Maktumning qizi – malika Latifaning taqdiri bo‘yicha BAAga so‘rov yuboradi. Bu haqda Bi-bi-si xabar bermoqda. 

Malikaning 2018 yilda qochishga urinishi muvaffaqiyatsiz tugagan. U o‘shandan beri otasining buyrug‘i bilan tutqunlikda ushlab turilganini aytmoqda. Kuni kecha ko‘plab OAVda malikaning videosi tarqaldi. Unda Latifa “turmaga aylantirilgan” villada ushlab turilganini, u yer qattiq qo‘riqlanishini, shuning uchun tasvirni vannaxonada olishiga to‘g‘ri kelganini bildirib, o‘z hayotidan xavotirda ekanligini ta’kidlagan. Video aynan qachon olingani ma’lum emas. 

BMTning Inson huquqlari komissari boshqarmasi malika Latifaning taqdiri bo‘yicha tez orada BAAga so‘rov yuborilishini ma’lum qildi. Bu mojaroga Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ham aralashdi. U bo‘layotgan hodisalardan hukumat xavotirda ekanligini, biroq BMT qanday ish tutishini kutishini bildirdi.  

Malika Latifa 2018 yilning fevralida do‘stlarining yordami bilan Dubaydan qochishga uringan edi. U Hind okenidan qaytarib kelingan. Shundan keyin Dubay va BAA rasmiy bayonotlarida malika Latifa oilasining yonida va xavfsizlikda ekanligi aytilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!