Bloomberg rivojlanayotgan davlatlarning yangi reytingini ma’lum qildi

Bloomberg rivojlanayotgan davlatlarning yangi reytingini ma’lum qildi

AQShning Bloomberg agentligi rivojlanayotgan bozorga ega davlatlarning yangi reytingini ma’lum qildi.

Reytingni tuzishda quyidagi ko‘rsatkichlar inobatga olingan: 2018 va 2019 yillardagi yalpi ichki mahsulot o‘sishi, suveren kredit reytingi, valyuta zaxiralari, aksiyalar va obligasiyalar bozori holati.

Reytingning 1-o‘rnini 2,55 ball bilan Malayziya egallagan. 2-o‘rinni 2,36 ball bilan Rossiya, 3-o‘rinni esa 1,39 ball bilan Xitoy egallagan.

Etakchi o‘ntalikdagi keyingi o‘rinlarni Filippin (4-o‘rin), Kolumbiya (5), Tailand (6), Polsha (7), Meksika (8), Chili (9) va Janubiy Koreya (10) egallagan. Yarim yil avval 5-o‘rinni egallagan Turkiya reytingning oxirgi – 20-o‘rniga tushib ketgan.

Etakchi o‘ntalikdagi ilk 6 o‘rinni egallagan davlatlardan 4 tasi Osiyo mintaqasida joylashgan. Bunga ushbu davlatlar joriy operasiyalar bo‘yicha ijobiy saldo, YAIM o‘sishining nisbatan yuqori ko‘rsatkichi, past darajadagi inflyasiyaga egaliklari sabab hisoblanadi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!