«Bitta samolyotda 200 ta sayyoh kelsa, ularning jami 3000 AQSh dollari miqdoridagi xarajatini to‘lab beramiz»

«Bitta samolyotda 200 ta sayyoh kelsa, ularning jami 3000 AQSh dollari miqdoridagi xarajatini to‘lab beramiz»

— Biz katta tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Xalqaro aviareyslar yaqin orada ochiladi, — dedi Bosh vazir o‘rinbosari, turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Kun.uz muxbiri Ilyos Safarov bilan suhbatda.

«Mana, Yaponiya, Yevropaning ayrim mamlakatlari xalqaro reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Turkiya ham ochilish arafasida.

8 iyundan avtobuslar ham yo‘lovchi tashishni boshlaydi. Boshqa turdagi jamoat transportlari ham yaqin orada yo‘lga tushadi.

Biz O‘zbekistonga keladigan har bir sayyohga 15 AQSh dollaridan to‘lab beradigan bo‘ldik. Bu shunday bo‘ladiki, bitta samolyotda o‘rtacha 200 nafar sayyoh keladigan bo‘lsa, ularning jami 3000 AQSh dollari miqdoridagi xarajatini to‘lab beryapmiz. Mehmonxonalarda xarajatlarning 10 foizini, yil oxirigacha esa transport xarajatlarining 30 foizini ham qoplab beramiz, ya’ni davlat tomonidan subsidiya beriladi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!