Belgiya va Niderlandiyada ham koronavirusni qayta yuqtirish holatlari qayd etildi

Belgiya va Niderlandiyada ham koronavirusni qayta yuqtirish holatlari qayd etildi

Belgiya va Niderlandiyada koronavirusni qayta yuqtirgan bemorlar aniqlandi, deb xabar beradi dw.com. 

Niderlandiyada immuniteti past bo‘lgan keksa odam ikkinchi marta virusni yuqtirgani aniqlandi. Bu haqda hukumatga maslahat beradigan virusolog Marion Kopmans NOS radiosida e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, virusning genomini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, bu  avvalgi yuqtirish oqibati emas, balki uni qayta yuqtirish holati.

Belgiyada ikkinchi marta koronavirus yuqtirgan bemor uch oy oldin birinchi marta COVID-19 bilan kasallangan. Keyin u sog‘ayib chiqdi. Bu haqda virusolog Mark van Ranst VTMga bergan intervyusida ma’lum qildi. Virusning ikkinchi shtammida 11 ta mutasiya aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, 24 avgust kuni Gonkong universiteti olimlari SARS-CoV-2ning qayta yuqtirish birinchi ilmiy tasdiqlangan holati haqida xabar berishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!