Belarus Respublikasi O‘zbekistondan qanday manfaat kutmoqda?

Belarus Respublikasi O‘zbekistondan qanday manfaat kutmoqda?

Milliy matbuot markazida jurnalistlar uchun tashkil etilgan brifingda “Xalq so‘zi“ gazetasi muxbiri Omonulla Fayziyevning mazkur savoliga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i Bahrom Sotiboldiyev javob berdi, deb yozmoqda "Xalq so‘zi" nashri.
Markaziy Osiyo davlatlari orasidan O‘zbekiston eng aholisi ko‘p bo‘lgan mamlakatdir. Hozirda yurtimizda katta islohotlar amalga oshirilayotgan bo‘lib, yurtimiz bozori ochilmoqda. Eng asosiy manfaat milliy bozorimizdan foyda olish hisoblanadi.

Belarus Respublikasi ham ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini sotish uchun yangi bozor qidirmoqda. Mazkur mamlakatning o‘tgan 2017 yildagi yalpi milliy mahsulot ishlab chiqarishi 51 milliard AQSh dollari miqdorni tashkil etadi. Undan 26 milliard dollarlik mahsulotni Belarus davlati chetdan sotib oladi. 24 milliard dollarlik mahsulotni chetga eksport qiladi. Mana shu savdo balansidagi farq bor yo‘g‘i 2 milliard dollarni tashkil qilmoqda. Ularning O‘zbekiston bozoridan o‘rin olishga intilayotganligining boisi, bizda milliy iqtisodiyotimiz yangi bosqichga ko‘tarilishi yo‘lida ulkan islohotlar davri boshlandi. Misol uchun, tog‘-kon sohasida Belarus mahsulotlarini juda ko‘p miqdorda sotib olyapmiz. Joriy yilning so‘nggiga qadar 260 ta og‘ir yuk mashinalari xarid qilinishi rejalashtirilgan.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!