Bektemir tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori firibgarlik ustida ushlandi

Bektemir tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori firibgarlik ustida ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. 

Unda Bektemir tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori M.A. fuqaro SH.A.ning turmush o‘rtog‘ini yuqori lavozimdagi tanishlari orqali Toshkent shahridagi tug‘ruq komplekslaridan biriga rahbar lavozimiga tayinlatib berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 30 000 AQSh dollari talab qilib, shundan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!