Bayden Trampni mashina ortidan quvadigan itga qiyosladi

Bayden Trampni mashina ortidan quvadigan itga qiyosladi

Ukrainaning Oliy Rada deputati Andrey Derkach yangi audioyozuvni e’lon qildi.

Unda AQShning sobiq vise-prezidenti Jo Bayden Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko bilan bo‘lgan suhbati davomida Amerika rahbari Donald Trampni itga qiyoslagan.

Bu haqda "Strana.ua" xabar bermoqda.

Audioyozuvda Baydenning ta’kidlashicha, Tramp "mashinani tortib olib, uning qanday haydalishi va ichida nima borligini tushunmaydigan itga o‘xshaydi".

Poroshenko esa bunday taqqoslashga kulgi bilan munosabat bildirgan. Shu bilan birga, Bayden Ukrainaning sobiq prezidentini maqtagan va uni "millatning otasi" deb atagan.

Derkachning so‘zlariga ko‘ra, bu suhbat Bayden va Poroshenko o‘rtasida 2016 yilda bo‘lib o‘tgan.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!