Bayden maxsus bayonot berdi

Bayden maxsus bayonot berdi

AQSh prezidenti Jo Bayden Ukraina, Tayvan va Isroilga yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunlarni imzolaganidan keyin maxsus bayonot berdi.

Baydenning bayonotidan asosiy iqtiboslar:

◾️Ukrainaga yangi harbiy yordamni etkazib berish yaqin soatlarda boshlanadi. Ukraina Qurolli Kuchlari havo mudofaasi, artilleriya, raketa tizimlari va zirhli texnikalar uchun o‘q-dorilarni oladi;

◾️AQShning ittifoqchilariga yordam berishi Amerikani xavfsizroq qiladi;

◾️Putin Ukrainadan keyin NATO a’zolari hududlariga tanklar bilan bostirib kirishi mumkin;

◾️Amerika o‘z do‘stlarini qo‘llab-quvvatlaydi va diktatorlarga qarshi turadi;

◾️Biz G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazish uchun bir necha oydan beri ishlayapmiz. Qo‘shma Shtatlar G‘azoga 1 milliard dollarlik gumanitar yordam ajratmoqda, Isroil uni kechiktirmasdan va to‘siqlarsiz yetkazishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!