"Bavariya" anchadan beri kutilayotgan transferni amalga oshirdi

"Bavariya" anchadan beri kutilayotgan transferni amalga oshirdi

"Bavariya" "Ayaks" himoyachisi Nussair Mazrauini sotib olganini klub rasmiy sayti orqali e’lon qildi.

Marokash terma jamoasining 24 yoshli futbolchisi bilan shartnoma 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Nussair Mazraui "Bavariya"ga tekinga o‘tdi.

Joriy mavsum yakunida himoyachining “Ayaks” klubi bilan shartnomasi yakuniga yetdi.

“Biz Mazraui yozgi transfer oynasidagi birinchi xaridimiz bo‘lganidan xursandmiz. Unga butun Yevropadan takliflar bo‘lgan, biroq u bizni tanladi, chunki bizda aniq ish rejamiz bor va biz u bilan katta muvaffaqiyatlarga erishmoqchimiz”, - dedi “Bavariya” sport direktori Hasan Salihamidjich klub rasmiy saytidagi bayonotida.

O‘tgan mavsumda Mazraui Amsterdam klubi safida barcha turnirlar doirasida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!