Bakalavrlar bir vaqtning o‘zida ham ikkinchi mutaxassislik, ham magistraturaga hujjat topshirishi mumkin — vazirlik

Bakalavrlar bir vaqtning o‘zida ham ikkinchi mutaxassislik, ham magistraturaga hujjat topshirishi mumkin — vazirlik

OTMning bakalavriat bosqichini tamomlaganlar endilikda ham ikkinchi mutaxassislik, ham magistraturaga hujjat topshirishi mumkin.

Bu haqda 10 avgust kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov ma’lum qildi.

«Ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabuli 10 avgustdan boshlanishini e’lon qilgan edik. Ma’lumot uchun, ikkinchitalim.edu.uz sayti bugundan o‘z faoliyatini boshladi. 

Ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirishni istaganlar shu sayt orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 

Shuningdek, magistraturaga ro‘yxatdan o‘tgan bakalavr bitiruvchisi bir vaqtda ikkinchi oliy ta’limga ham ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati bor», – dedi boshqarma boshlig‘i shu mazmunda berilgan savolga javoban.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!