«Bahs» qisqa metrajli filmi Yaponiyadagi ISCA xalqaro kinofestivalining Gran-pri mukofotiga sazovor bo‘ldi

«Bahs» qisqa metrajli filmi Yaponiyadagi ISCA xalqaro kinofestivalining Gran-pri mukofotiga sazovor bo‘ldi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan "Yoshlik" kinostudiyasi tomonidan suratga olingan «Bahs» qisqa metrajli filmi Yaponiyada bo‘lib o‘tgan ISCA xalqaro festivalining Gran-pri mukofotini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.

Ssenariy muallifi va rejissyor Gulnora Ivanova, operator Abdulaziz Asatullayev, postanovkachi rassom Behzod Alimardonov, bastakor Marat Shunkar, grimer Mavjuda Yoqubova, kartina direktori Sharif Qosimboyev.

Film ahmoqona tortishuv haqida hikoya qiladi. Ba’zida insolar haqligini isbotlashga urinib, o‘z yaqinlarini qanday xafa qilib qo‘yganliklarini bilmay qoladilar. Erishilgan bugungi g‘alaba hayot sarhisob qilinganidan keyin o‘z qiymatini yo‘qotadi. Filmning asosiy g‘oyasi shundaki, yaqin insonlar shubhali g‘alabalardan ko‘ra muhimroqdir.

«Baxs» dramasida bosh rollarni O‘lmasjon Soriyev, Madina Odilova, Mahmud Ismoilov, Malika Ibragimova, Azamat Xasanboyev, Shuhrat Xo‘jayev ishtirok etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!