Bahodir Jalolov jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi bo‘ldi

Bahodir Jalolov jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi bo‘ldi

9-21 sentyabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida havaskorlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Turnirda 8 vazn toifasida medallar uchun kurash kechdi va yakunda O‘zbekiston boks terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medal olgan holda birinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston boks terma jamoasiga umumiy hisobda ustunlik keltirgan uchinchi oltin medalni eng og‘ir vazn toifasida (+91 kg) qozog‘istonlik Qamshibek Qonqabayevni mag‘lub etgan Bahodir Jalolov qo‘lga kiritdi.

Ushbu bokschi turnir tashkilotchilari tomonidan jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!