Ayollar bu ishlari qanchalik og‘ir gunohligini bilganlarida edi...

Ayollar bu ishlari qanchalik og‘ir gunohligini bilganlarida edi...

Agar ayol kishi va balog‘atga yetgan qiz ko‘chalarda, jamoat joylarida, nomahramlar oldida avratlarini ochib yurishi (kalta ko‘ylak va yubka, tor shim, yupqa, harir libos kiyishi)...

Uni Allohning g‘azabiga duchor qilishini;

uning qadrini yerga urishini;

uning ayollik tarovatini ketkazishini;

uning fayzini va nurini so‘ndirishini;

shu kiyim i sabab ulkan gunohga botishi bilan birga, qanchadan-qancha erkaklarning gunohkor va bemor (jinsiy zaif, impotent, prostatit) bo‘lishiga sababchi bo‘lishini;

unga ko‘zi tushgan ilm talabidagilarning xotirasi susayib, ilmdagi shijoatiga ziyon yetishini;

muslimalik nomiga dog‘ tushirib, dindoshlariga nisbatan hurmatsizlik qilayotganini;

qalbini qoraytirishini va qotirishini;

rizqidan, uyidan baraka ketishini;

farzandlarining tarbiyasi va kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini;

ajdodlari u kabi kiyinmaganini;

oxiratdagi og‘ir hisob-kitobni;

bu qilgan gunohi uchun do‘zax olovida kuyishini, u olov esa non yopiladigan tandirdagi olovdan dahshatliroq ekanini;

Agar bu dunyoda Alloh va Rasuli buyurganidek avratlarini berkitishi oxirat diyorida unga rohat-farog‘at keltirishini bilganida edi,

O‘sha ayol Alloh buyurganidek, millatimizga mos ravishda kiyingan bo‘lardi!

Ey muslima opa-singillarim! Mendan ranjimang! Bu gaplarni men ichimdan to‘qib yozayotganim yo‘q, balki sizu bizni yaratgan Alloh taoloning mo‘minalarga qarata qilgan xitobini eslatmoqdaman. Agar avratingizni qanday yopishni bilmasangiz, Alloh taoloning sizlar uchun ta’kidlangan mana bu buyrug‘iga quloq osinglar:

Sen mo‘minalarga ayt: Ko‘zlarini tiysinlar, farjlarini saqlasinlar va ziynatlarini ko‘rsatmasinlar, magar zohir bo‘lgan ziynatlar bo‘lsa (mayli). Ro‘mollarini ko‘ksilariga to‘sib yursinlar. Ziynatlarini ko‘rsatmasinlar... (Nur surasi, 31-oyat).

Zohir bo‘lgan ziynatlar deganda namozda yuz, ikki qadam va ikki kaft anglanadi. Namozdan tashqarida ikki qadam ham avratdir.

Ro‘mollarini ko‘kslariga to‘sib yursinlar deganda boshlariga o‘ragan ro‘mollari faqat sochlarini emas, balki tomoqlari, ko‘kslari va ko‘kraklarini ham to‘sib tursin degan ma’no tushuniladi.

Unutmang! Sizning Alloh taolo buyurganidek libosda yurishingiz nafaqat siz uchun, balki otangiz, aka-ukalaringiz, eng asosiysi, turmush o‘rtog‘ingiz va biz musulmonlar uchun sharaf va faxrdir!

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!