Axlat qutisida yangi tug‘ilgan go‘dak topildi. Ona qo‘lga olindi

Axlat qutisida yangi tug‘ilgan go‘dak topildi. Ona qo‘lga olindi

Rossiyada, Yakuskdagi axlat qutisida yangi tug‘ilgan chaqaloq tirik holda topildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, 2 kiloyu 360 gramm og‘irlikdagi go‘dak gipotermiya bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Bolaning ahvoli barqaror. U perinatal markazda mutaxassislar nazorati ostida bo‘lib, zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Chaqalog‘ini tashlab ketgan ona allaqachon hibsga olingan. U bolani o‘ldirishga uringanlikda gumon qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!