Avtomobil g‘ildiraklari ostida qolgan qizning ahvoli ma’lum bo‘ldi

Avtomobil g‘ildiraklari ostida qolgan qizning ahvoli ma’lum bo‘ldi
Avvalroq, Yashnobod tumanida haydovchi Gentra rusumli avtomobilda bir qizni bosib ketgani haqida xabar bergan edik.

Dastlabki xabarlarda voqea Yashnobod tumanidagi Korzinka.uz supermarketi oldida sodir bo‘lgani aytilgandi.

Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, voqea Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasidagi Goodzone savdo markazi avtoturargohida yuz bergan.

Gentra boshqaruvida Toshkentdagi Vestminster universiteti 4-kurs talabasi, 22 yoshli Otabek tanishining mashinasini ishonch qog‘ozi bilan haydab yurgan. Jabrlanuvchi — Jahon tillari universiteti 1-ingliz filologiyasi fakulteti 4-kursida o‘qiydigan 22 yoshli M. bo‘lgan.

Sodir bo‘lgan YTH oqibatida piyoda qiz bosh miya lat yeyishi jarohati bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, hozirda qiz hushsiz, biroq ahvoli barqaror.

Avvalroq Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati Lacetti rulida bo‘lgan Otabek qo‘lga olinganini ma’lum qilgandi. Haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish ochilgan.

Ushbu modda bo‘yicha, agar qiz yashab ketsa, haydovchi eng kam ish haqining ellik baravari miqdorida (9 215 000 so‘m) jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Agarda qiz vafot etsa – haydovchi yetti yilgacha qamalishi mumkin.
 
Manba: qalampir.com
 
 

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!