Asilbek Boltayev — xalqaro turnir g‘olibi

Asilbek Boltayev — xalqaro turnir g‘olibi

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Kanibek Osmanaliyevning 70 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan xalqaro musobaqada Samarqand viloyati terma jamoasi a’zolari ishtirok etmoqda.

Xalqaro turnirning dastlabki kunida erkaklar o‘rtasida -61 kg. vazn toifasida hamyurtimiz Asilbek Boltayev bronza medaliga sazovor bo‘ldi. U dast ko‘tarishda 90 kg., siltab ko‘tarishda esa 118 kg. toshni bo‘ysundirdi.

Ushbu vaz toifasida oltin va kumush medallar qirg‘izistonlik Erbol Sarpashov hamda Akjul Asamurat uliga nasib etdi.

Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, delegasiyamiz a’zolari o‘zining 70 yillik yubileyini nishonlayotgan Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Kanibek Osmanaliyevga O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasining esdalik sovg‘asini topshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!