Artel nega o‘z logotipini o‘zgartirdi? (FOTO)

Artel nega o‘z logotipini o‘zgartirdi? (FOTO)

Artel kompaniyasi o‘z logotipini o‘zgartirdi. Ayni damda kompaniya logotipida sariq rang fonida #AYOLNI_QADRLANG xeshtegi yozilgan.

Artel nega o‘z logotipini o‘zgartirdi? (FOTO)Artel nega o‘z logotipini o‘zgartirdi? (FOTO)

Buning sababi ham ma’lum bo‘ldi: 25 sentyabr, ya’ni bugun "Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni" hisoblanadi. Logotipini o‘zgartirish orqali esa Artel bu kunga nisbatan o‘z pozisiyasini bildirgan.

Muhim sanalarga nisbatan bunday munosabatda bo‘lish kompaniya faoliyatida birinchi marta kuzatilayotgani yo‘q. Avvalroq, aniqrog‘i 21 oktyabr kuni o‘zbek tili bayrami munosabati bilan kompaniya Toshkent shahridagi ekranlarda maxsus videoroliklar joylashtirgandi.

Bu shundan dalolatki, Artel o‘zini shunchaki ishlab chiqaruvchi kompaniya sifatida emas, balki jamiyat hayotidagi muhim voqeliklarga o‘z pozisiyasini bildirishni burchi deb biladigan sub’ekt sifatida ko‘rmoqda. Bu yaxshi jihat, albatta.

Aslini olganda, bugun – juda muhim sana. Butun dunyoda gender tenglik haqida bong urilishi, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida ayollarning qadrini yanada oshirish yotadi. Xotin-qizlarimizga nisbatan har qanday zo‘ravonlik esa keskin qoralanadi.

Keling, hammamiz Artel kabi kerakli lahzalarda o‘z pozisiyamizni ko‘rsata olaylik. Ayollarni asraylik, azizlar!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!