Armanistonda koronavirusdan birinchi o‘lim holati qayd etildi

Armanistonda koronavirusdan birinchi o‘lim holati qayd etildi

Armanistonda koronavirusdan birinchi o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining matbuot kotibi Alina Nikogosyan ma’lum qildi.

Aytilishicha, marhum 72 yoshli bemor bo‘lib, pnevmoniya, nafas olish buzilishi sindromi, shuningdek, gipertoniya va yurak ritmining buzilishidan aziyat chekdi.

Matbuot kotibining qayd etishicha, ushbu kasalliklarning barchasi marhumning hayotini saqlab qolishga imkon bermagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!