AQShdagi Quyosh observatoriyasi hech qanday izohlarsiz yopib qo‘yildi

AQShdagi Quyosh observatoriyasi hech qanday izohlarsiz yopib qo‘yildi

AQShning Nyu-Meksiko shtatidagi Quyosh observatoriyasi 6 sentyabr kuni hech qanday izohlarsiz vaqtinchalik yopib qo‘yildi, voqea joyida Federal tergov byurosi (FTB) xodimlari ish olib bormoqda, biroq hukumat hanuz ularning tashrifi va muassasasa faoliyati to‘xtatilishi sabablari haqida ma’lum qilmadi. "Kun" nashri shu haqda xabar berdi. 

Observatoriya yopilishi haqida birinchi bo‘lib ma’lum qilgan Alamogordo Daily News mahalliy nashriga ko‘ra, Astronomiya tadqiqotlari uyushmasi (ATU - AURA)da kompleks ehtiyotkorlik choralari tufayli yopilgani haqida aytilgan, lekin ularning nima sababli yuzaga kelganiga izoh berilmagan.

Otero okrugi sherifining so‘zlariga ko‘ra, observatoriyaga FTB xodimlari kelib, personal evakuasiyasida yordam berishni so‘rashgan. "Biz u yerga borganimizda hech qanday xavf yo‘q edi", - dedi u. FTB agentlari polisiyaga tashrif sabablarini ma’lum qilishmagan. 

Ta’kidlash joizki, Nyu-Meksikodagi Quyosh observatoriyasi Milliy quyosh observatoriyasi (MQO - NSO) shtat davlat universiteti tomonidan boshqariladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!