AQShda Johnson&Johnson vaksinasidan foydalanishga ruxsat berildi

AQShda Johnson&Johnson vaksinasidan foydalanishga ruxsat berildi

27 fevral kuni AQShda Johnson&Johnson kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan vaksinadan favqulodda foydalanishga ruxsat berildi. Bu bilan Qo‘shma Shtatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan koronavirusga qarshi vaksinalar soni uchtaga yetdi.

AQShdagi Oziq-ovqat va farmasevtika idorasining shanba kuni bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Johnson&Johnson kompaniyasining bir dozali vaksinasi sinovlarda odamlarning koronavirus sabab og‘ir ahvolga tushib qolishi, ularni kasalxonaga yotqizishga bo‘lgan zarurat va o‘limdan kuchli himoya qila olgan. Uchta qit’ada olib borilgan o‘rganishlar mazkur kompaniya vaksinasi virusning oldini olishda 85 foizlik natija berganini ko‘rsatgan.

“Ushbu vaksinaning ro‘yxatdan o‘tkazilishi mamlakatimizda vaksinaga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga yordam beradi” deydi Oziq-ovqat va farmasevtika idorasining direktori vazifasini bajaruvchi Djet Vudkok.

Johnson&Johnson kompaniyasi dushanbadan AQShga vaksina yetkazib berishni boshlaydi. Kompaniya Qo‘shma Shtatlarga mart oyi oxirigacha 20 million, yil o‘rtalarigacha esa 100 million dozada vaksina yetkazib berishni maqsad qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!