AQSh hali ham Rossiya bilan yangi START shartnomasini imzolashga umid qilmoqda

AQSh hali ham Rossiya bilan yangi START shartnomasini imzolashga umid qilmoqda

AQSh Bosh shtab boshlig‘ining strategik to‘xtatib turish va yadroviy integrasiya bo‘yicha o‘rinbosari Endryu Gebaraning ta’kidlashicha, Vashington 2026 yildan keyin ham Rossiya bilan o‘zining qit’alararo yadroviy ballistik raketa imkoniyatlarini cheklash maqsadida Strategik qurollarni qisqartirish bo‘yicha yangi shartnomani (START) imzolashga umid qilmoqda.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov amaldagi kelishuv muddati tugaydigan 2026 yilning fevralida nima bo‘lishi haqida gapirishga hali erta ekanligini ta’kidlab, Rossiya START kelishuvidagi miqdoriy cheklovlarga rioya qilishda davom etishini ma’lum qilgan edi. Qo‘shma Shtatlarning bo‘lajak buzg‘unchi qadamlari bu vazifani Moskva uchun ma’nosiz qilmasligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!