Aptekachi tramadol sotmoqchi bo‘lganda qo‘lga tushdi

Aptekachi tramadol sotmoqchi bo‘lganda qo‘lga tushdi

Urgutlik Shodiyor Alisherov (ism, familiyalar o‘zgartirilgan) Samarqand shahrida o‘zining nomiga ochgan farmasevtika firmasida direktorlik qilib kelayotgandi.

Dori-darmon savdosidan topayotgan daromadi kamlik qildimi, har tugul tanishlari bilan giyohvandlik moddalarini qonunga xilof ravishda sotish rejasini tuzdi. Rejaga ko‘ra, o‘sha kuni SH.Alisherov Samarqand shahri Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida “Tramadol Lannaxer 50 mg” nomli giyohvandlik moddalarini jinoiy sheriklari Yunus O‘lmasov va Ozod Nabiyevlarga beradi.

Yunus va Ozod giyohvandlik moddalarini o‘zlari va Doniyor Bo‘riyev aytgan mijozlarga yetkazib berishi kerak edi. Biroq bu qabih reja amalga oshmadi.

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi, viloyat IIB tegishli sohalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida SH.Alisherov va uning sheriklari qo‘lga olindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2019 yil 9 iyul kuni qonuniy kuchga kirgan hukmiga ko‘ra, SH.Alisherovga 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. YU.O‘lmasov va O.Nabiyevlar 6 yilu 3 oy, D.Bo‘riyev esa 4 yilu 6 oy umrini panja orqasida o‘tkazadigan bo‘ldi.

Ashyoviy dalil sifatida olingan jami 546 dona “Lirika” hamda 110 dona “Pregabalin konnon”, shuningdek 4 dona “Lirika 300 mg” tabletkalari va 1878 dona “Tramadol Lannaxer 50 mg” giyohvandlik vositalari tegishli tartibda yo‘q qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!