Apple koronavirus sababli Xitoydagi do‘konlarini yopdi

Apple koronavirus sababli Xitoydagi do‘konlarini yopdi

Apple kompaniyasi koronavirus tarqalishi sharoitida 9 fevralgacha Xitoydagi do‘konlari yopilishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bunday profilaktik choralar jamoat gigiyenasini ta’minlash uchun amalga oshirilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus qurmonlari soni 259 kishiga yetdi. Ayni paytda kasallanish holati 11 791 kishida tasdiqlangan. Ulardan 1795 nafari og‘ir holatda bo‘lib turibdi.

Avvalroq, Apple, Huawei, Xiaomi va Lenovo koronavirus tufayli Rossiyaga smartfonlar yetkazilishini kechiktirgani xabar qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!