APLda eng ko‘p legioner qaysi jamoada?

APLda eng ko‘p legioner qaysi jamoada?

Brexit jarayoni tufayli (Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan ajralib chiqishi) Angliya Premyer-Ligasida legioner futbolchilarga cheklov qo‘yilishi mumkinligi haqidagi xabarlar paydo bo‘lgach, tabiiyki, jurnalistlar APL jamoalari tarkibidagi chet ellik futbolchilar soniga e’tibor qaratishdi.

Hozirda Premyer Ligada yetakchilik qilayotgan «Manchester Siti» bu borada ham yetakchi – Gvardiola ixtiyorida 17 nafar britaniyalik bo‘lmagan futbolchi bor. Shuningdek, «Tottenhem», «Brayton», «Uotford» va «Haddersfild» jamoalari tarkibida ham shunchadan legioner mavjud. 

«Liverpul», «Chelsi» va «Arsenal»da chet ellik futbolchilar soni 16 nafardan, top-6 ichida eng kam legioner futbolchiga ega bo‘lgan jamoa esa, «Manchester Yunayted» – 14 nafar. 

Hozirda turnir jadvalida 6-o‘rinda borayotgan «Bornmut» esa, Ligada eng kam chet ellik futbolchini o‘ynatmoqda. Eddi Xau jamoasi tarkibida faqat 5 nafar legioner bor xolos.

Aslida, ancha yillardan beri APL mahalliy futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida legionerlarga cheklov qo‘yish haqida o‘ylab keladi, ammo Yevropa Ittifoqi qonunlariga ko‘ra, ushbu Ittifoq tarkibiga kiruvchi mamlakatlar pasportiga ega bo‘lgan shaxsning mehnat faoliyatiga cheklov qo‘yilishi mumkin emas. Aksariyat, hatto Lotin Amerika yoki Afrika qit’asidan kelgan futbolchilarda ham biror bir YEI davlatidan ikkinchi pasportlari bor. 
Britaniyaning YEIdan chiqishi futbol amaldorlarini bog‘lab turgan kishanlardan xalos qilishi mumkin. 

Ma’lumotlarga qaragandi, har bir klub zayavkasida faqat 12 nafar legioner bo‘lishi mumkinligi munozara qilinmoqda. Yoki APLda qatnashish uchun futbolchi olishi kerak bo‘lgan lisenziya talablarini yanada qiyinlashtirish orqali ham legionerlarni kamaytirish mumkin.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!