Apellyasiya rad etildi: Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti 20 yilni qamoqda o‘tkazadi

Apellyasiya rad etildi: Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti 20 yilni qamoqda o‘tkazadi

Janubiy Koreyaning Oliy sudi bugun sobiq prezident Pak Kin Xe ishi bo‘yicha ikkinchi apellyasiya shikoyatini ko‘rib chiqdi. Sud 20 yillik qamoq jazosini o‘z kuchida qoldirdi. Bu haqda KBS telekanali xabar berdi.

Ma’lumot uchun, siyosatchi mansab vakolatini suiiste’mol qilgani, pora olgani va tovlamachilik qilgani uchun qamalgandi.

2013 yilda Pak Kin Xe Janubiy Koreyadagi birinchi ayol prezident bo‘ldi, ammo 2016 yil dekabrida parlament unga impichment e’lon qildi va u 2017 yil mart oyida rasman lavozimidan chetlashtirildi. Bir yil o‘tgach, sud sobiq prezidentni pora uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Shuningdek, unga 18 milliard von jarima solingan.

Keyin apellyasiya sudi qamoq jazosini 30 yilgacha uzaytirdi. Keyinchalik, hukm bir necha bor qayta ko‘rib chiqilib, sobiq prezidentga qo‘yilgan ba’zi ayblovlar olib tashlandi. Oliy sud Pak Kin Xe ishiga nuqta qo‘ydi, hukm bo‘yicha boshqa shikoyat qabul qilinmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!