Antiqa taqiq! Endi Yaponiya aholisi attraksionlarda qichqirmay uchadi

Antiqa taqiq! Endi Yaponiya aholisi attraksionlarda qichqirmay uchadi

Yaponiyada tematik parklar assosiasiyasi attraksionlarda uchuvchilardan qichqirmaslikni so‘rab murojaat qilmoqda. Ushbu g‘aroyib tartib mamlakatning bir qator katta istirohat bog‘larida joriy qilindi.

Shuningdek, istirohat bog‘iga tashrif buyuruvchilar niqobda yurishlari, bog‘ xizmatchilari esa ular bilan ijtimoiy masofani saqlashi kerak.

Yangi tartib tashrif buyuruvchilar salomatligi uchun o‘rnatilgan bo‘lsa-da, u ko‘pchilikka xush kelmadi. Xususan, Fuji-Q Highland parki xodimlariga tashrif buyuruvchilardan ko‘pgina shikoyatnomalar kelib tushdi. Ularda attraksionlarda ucha turib qichqarmay bo‘lmasligi aytilgan edi. 

Shikoyatlarga javoban tashkilotchilar insonlarning amerikancha “gorka”larda ovoz chiqarmay uchayotganligi tasvirlangan videoni namoyish qildi. Video “Iltimos, o‘z qalbingizda qichqiring”, degan yozuv bilan tugaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!