Angela Merkel uchun yangi samolyot xarid qilinadi

Angela Merkel uchun yangi samolyot xarid qilinadi

Germaniya mudofaa vazirligi Airbus A330 yoki A350 samolyotini xarid qilish niyatida. Bu haqda Kommersant’ xabar bermoqda.

Aviaparkni kengaytirish to‘g‘risidagi qarorga Merkelning samolyoti nosozligi tufayli G20 sammitiga kech qolib, uning birinchi kunini o‘tkazib yuborgandan keyin kelindi. Kansler shundan so‘ng Iberia kompaniyasining oddiy samolyotiga chiqishga majbur bo‘lgandi.

Bunday holat qaytarilmasligi uchun ekipajlar sonini ko‘paytiramiz va bir yoki ikki yangi uzoq masofaga uchadigan samolyot xarid qilamiz , dedi Germaniya mudofaa vaziri Ursula fon der Lyaynen.

Buning uchun Germaniya byudjetidan 200 300 million yevro ajratiladi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!