Andijondagi masjid yagona emas: O‘zbekiston bo‘ylab masjid va namozxonalar «1 so‘mdan» sotilmoqda (foto)

Andijondagi masjid yagona emas: O‘zbekiston bo‘ylab masjid va namozxonalar «1 so‘mdan» sotilmoqda (foto)

Avvalroq, Andijon shahridagi masjid maishiy xizmat ko‘rsatish binosiga aylangani, so‘ngra garovga qo‘yilib, kredit olingani yoki aholiga taqsimlab berilgani haqida, ma’lum qilgan edik.

Ijtimoiy tarmoqlarda bu xabar keng muhokama qilingach, vaziyatga oydinlik kiritish uchun Xabar.uz Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati bilan bog‘langan edi. MIB matbuot xizmatining aytishicha, sud qaroriga ko‘ra, ushbu ko‘chmas mulk masjid yoki boshqa diniy tashkilot emas, balki savdo va maishiy bino sifatida e’tirof etilgan va auksion savdosiga qo‘yilgan.

Sudning bu qarori keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarida keskin norozilik holatini yuzaga chiqardi. Xalqimiz orasida: Nimaga Andijon shahar hokimligi rasmiy munosabat bildirmayabdi? degan o‘rinlar savol va e’tirozlar paydo bo‘lmoqda. Shunga qaramay, hokimiyat bu masala yuzasidan hali rasmiy izoh bermadi.

Lekin bu kabi masjidlarni qarovsiz qoldirilishi yoki sotuvga qo‘yilishi yangilik emasga o‘xshaydi. Internet tarmog‘ida; bo‘sh turgan masjidlar , deb so‘rov bersangiz siz kutmagan ma’lumotlar chiqishni boshlaydi.

e-auksion.uz saytiga tashrif buyuring va 1 so‘mdan masjid binolarini xarid qilishingiz mumkin! Ha, bu haqiqat. Andijondagi masjidni boshqa nom ostida sotilishi ko‘pchilikni norozi qilyapti, lekin aniq qilib, eski masjid binosi (yoki norasmiy namozxona) deb yozib qo‘yilgan lotlar bugungi kunda oddiy holga aylandi.

Quyida ularning ayrimlari havola etilmoqda.

https://e-auksion.uz/lot-view?26 lot_id=73712
https://e-auksion.uz/lot-view?27 lot_id=73709
https://e-auksion.uz/lot-view?29 lot_id=73647
https://e-auksion.uz/lot-view?30 lot_id=73661
https://e-auksion.uz/lot-view?31 lot_id=73753
https://e-auksion.uz/lot-view?32 lot_id=73749
https://e-auksion.uz/lot-view?34 lot_id=73754
https://e-auksion.uz/lot-view?35 lot_id=73752
https://e-auksion.uz/lot-view?50 lot_id=73758


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!