Andijonda o‘g‘lini urib, tilanchilik qilishga majburlagan ayol onalikdan mahrum qilinishi mumkin – Bosh prokuratura

Andijonda o‘g‘lini urib, tilanchilik qilishga majburlagan ayol onalikdan mahrum qilinishi mumkin – Bosh prokuratura

Avvalroq Andijonda ona farzandini urib sadaqa so‘rashga ko‘chaga chiqarganligi haqida xabar tarqalgandi. Mazkur holat Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilayotgani ta’kidlangandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning yozishicha, voyaga yetmagan Qudratillo Toshpo‘latovning (2014 y.t.) manfaatlarini ko‘zlab, fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudiga “Onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida” da’vo arizasi kiritilishi ta’minlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!