Andijonda o‘gay ota pichoq zarbidan vafot etdi

Andijonda o‘gay ota pichoq zarbidan vafot etdi

3 noyabr kuni Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi O.A. mast holda uyida o‘zaro janjal oqibatida o‘gay otasi I.YU.ning son qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha I.YU. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etgan. O.A. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!