Andijonda 1 mlrd. 267 mln. so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan MJCh rahbari ushlandi

Andijonda 1 mlrd. 267 mln. so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan MJCh rahbari ushlandi

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika va hududiy Shtablar tomonidan energiya resurslarni talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, Andijon shahridagi “M.X.” MCHJ rahbari A.M. Islomobod MFY hududida joylashgan toshni qayta ishlash sexidagi elektr hisoblagichga o‘rnatilgan nazorat tamg‘alarini buzib, hisoblagichning elektron xotirasiga tashqi ta’sir ko‘rsatgan holda, 1 mlrd. 267 mln. so‘mlik 1 mln. 419 ming. kVt. soat elektr energiyasini o‘g‘irlagan.

Mazkur holat yuzasidan “M.X.” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 169-moddasi, 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibda ushlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!