Ana xolos! “Xitoy sun’iy nafas moslamalari bemorlarni o‘ldirishi mumkin”

Ana xolos! “Xitoy sun’iy nafas moslamalari bemorlarni o‘ldirishi mumkin”

Aprel oyi boshida Britaniya hukumati tantanali ravishda Xitoydan katta miqdordagi sun’iy nafas moslamalari sotib olishini e’lon qildi. Bir muncha vaqt o‘tgach yetakchi britaniyalik shifokorlar hamkasblarini sifati past bo‘lgan Xitoy asboblaridan foydalanishdan qaytara boshlashdi. 

“Ushbu jihozlardan foydalanish bemorlarga katta zarar yetkazishi, shu qatorda o‘limga ham olib kelishi mumkin. Biz ushbu moslamalarni olib tashlaymiz va ularni bemorlar uchun mos keladigan boshqa moslamalarga almashtirmoqchimiz”, – deyilgan maktub 13 aprelda tarqatilgan va NBC News tomonidan ikki yarim hafta o‘tgach e’lon qilingan.

Britaniyalik shifokorlar Xitoyda ishlab chiqarilgan jihozlar barqaror kislorod bilan ta’minlay olmasligi, yomon qurilgani va tozalash juda qiyinligi – xavfli virus bilan ishlashda qabul qilinmasligini aytgan.

Gap Pekindagi Aeonmed Co. Ltd. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Shangrila 510 rusumidagi qurilmalar haqida ketmoqda. Bu kompaniya jahon bozoriga reanimasiya uskunalarini yetkazib beruvchilardan biri hisoblanadi.

Reanimasiya uskunalarining keskin tanqisligiga duch kelgan ko‘plab davlatlar bu kabi moslamalarni sotib olishga shoshildi va Xitoy ushbu jihozlarning asosiy yetkazib beruvchisi bo‘ldi.

Aeonmed kompaniyasi britaniyalik shifokorlarning bayonotiga izoh berishdan bosh tortdi.  

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!