Ana xolos! O‘zining ham qabr toshi bo‘lgan tirik ayol tirik eriga ham qabr toshi o‘rnatdi

Ana xolos! O‘zining ham qabr toshi bo‘lgan tirik ayol tirik eriga ham qabr toshi o‘rnatdi

Shotlandiyaning Angus okrugi Forfar shahrida yashovchi Alan Xettel tasodifan o‘z qabrini mahalliy qabristonda topdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qabr toshini uning sobiq xotini o‘rnatgan, deb yozadi "The Courier".

75 yoshli Alan qabristonda o‘z nomi yozilgan qabrni uchratganda juda hayron bo‘ldi. Shundan so‘ng, u nima uchun do‘stlari va tanishlari uni unutishganini tushundi. Aftidan, ular Alanni o‘lgan deb o‘ylashgan.

Xettelning ta’kidlashicha, uning bu ishlardan umuman xabari bo‘lmagan. Ammo Alan bu ishni sobiq xotini qilganiga ishonmoqda. Alanning ta’kidlashicha, uning qabr toshi yonida sobiq rafiqasining ham qabr toshi bor.

Bu ishni qilishda gumon qilinayotgan Alannning xotini esa jurnalistlar bilan gaplashishni qat’iyan rad etdi. Mahalliy hokimiyat esa ushbu qabr toshni kim sotib olgani va o‘rnatgani haqida aytmadi, bu maxfiy ma’lumot ekanligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!