Ana xolos! Tojikistonda maktab dars paytida qulab tushdi (VIDEO)

Ana xolos! Tojikistonda maktab dars paytida qulab tushdi (VIDEO)

Tojikiston janubida maktab dars vaqtida qulab tushdi.

Hodisa Jomiy tumanida dars vaqtida sodir bo‘lgan, o‘quvchilar ko‘z o‘ngida qulab tushayotgan binodan evakuasiya qilingan.

Voqea 11 fevral kuni tushdan keyin Xatlon viloyati Abdurahmoni Jomiy tumanidagi Vahdat qishlog‘idagi 31-maktabda o‘quv jarayoni vaqtida sodir bo‘lgan. Tomning bir qismi qulab tushgan, binoning devorlari yiqilgan.

Maktab direktori Mustafo Balajonov hodisa haqida shunday dedi:

«Juma kuni soat beshlarda 7-sinf o‘quvchilari sinfdagi devorning qulay boshlaganini payqab qolishdi va bu haqda o‘qituvchiga xabar berishdi. U hech ikkilanmay bolalarni binodan chiqara boshladi. Ularning hech biri jabrlanmagan», dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, avvaliga binoning tomi qulagan, keyin devorlari qulay boshlagan: direktor xonasi, bitta sinf va o‘qituvchilar xonasi vayron bo‘lgan.

Direktorning ta’kidlashicha, 8 ta sinf va 258 o‘quvchi tahsil olayotgan maktab binosi 1957 yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, avariya holatida edi.

Biroq maktab direktori ham, tuman rahbari ham nega bolalar avariyali binoda o‘qishni davom ettirayotganiga izoh berishmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!