Ana xolos! Ramzan Qodirov Rossiya bosh vaziriga bo‘ysunmayapti

Ana xolos! Ramzan Qodirov Rossiya bosh vaziriga bo‘ysunmayapti

Peskov Chechenistonga qo‘shin yuborib uchinchi rus-chechen urushini boshlashdan ko‘ra Mishustin va Qodirov o‘rtasidagi ziddiyatdan ko‘z yumishni afzal bildi.

"Bir mintaqaning rahbari hukumat boshlig‘i buyruqlariga qarshi chiqqanida, bu markaziy hukumatning zaifligini namoyish etadi". Nega Checheniston rahbari ochiqchasiga bosh vazir bilan kelishmovchilikka yo‘l qo‘ydi?

Kreml Bosh vazir Mixail Mishustin va Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni ko‘rmaslikka olmoqda.

Hammasi o‘tgan haftada Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fuqarolarga pandemiya tarqalishining oldini olish xususida qilgan murojaatidan so‘ng, Prezident dam olish kunlarni 30 aprelgacha cho‘zishi, hammani o‘zini izolyasiya qilishga chaqirishi va hududlar rahbarlariga koronavirusga qarshi kurashda o‘z vakolatlaridan foydalanishi mumkinligini aytganidan keyin boshlandi. 

Ko‘p o‘tmay, Rossiya Federasiyasi sub’ektlari rahbarlari virus tarqalishini to‘xtatish uchun maxsus choralar ko‘rishni boshladi. 5 aprel kuni Checheniston Rossiya bilan chegaralarini butunlay yopib qo‘ygan birinchi mintaqa bo‘ldi. Respublikaga kirish-chiqish butunlay taqiqlangan. Bu haqda Ramzan Qodirov o‘z telegram-kanalida ma’lum qildi.

Ko‘p o‘tmay, Chelyabinsk viloyati ham ularga qo‘shildi - u yerga boshqa hududlardan mashinalarda kirish taqiqlandi.

Ammo Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin uning ruxsatisiz mintaqa rahbarlarining chegaralarni yopish huquqiga ega emasligini bildirib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Ammo boshqalar qarorini o‘zgartirsa-da, Qodirov o‘zgartirmadi. Bu Bosh vazir va Ramzan Qodirov o‘rtasida ziddiyatga sabab bo‘ldi. 

"Mintaqalararo ma’muriy chegaralarning yopilishini qabul qilib bo‘lmaydi, bu mintaqa rahbarlarining emas, balki federal hokimiyat vakolatidir", dedi bosh vazir. Uning ta’kidlashicha, koronavirus bilan kurashda har qanday cheklovlar prezident va hukumat tomonidan joriy etilgan choralarga mos bo‘lishi kerak.

Rossiya, bu -- OMON xodimiga qattiqroq tikilganlar huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan jazolanadigan mamlakat. Checheniston etnik yoki diniy sabablarga ko‘ra birlashgan yagona xalqdir.

Isyonkor respublikaning tor ko‘chalarida Rossiya Federasiyasining muntazam zirhli qo‘shinlari yoqib yuborilgani, birinchi va ikkinchi chechen urushlari va yangi yil arafasidagi Grozniydagi sharmandali mag‘lubiyat hali ham ruslarning yodida qolgan. Odatda, urushlar tugasa,mag‘lub tomon g‘olibga tovon puli – kontribusiya to‘laydi. Rus-chechen urushida go‘yo ruslar yutgandek: Checheniston ajralib chiqa olmadi, yana Rossiya Federasiya tarkibida qoldi. Ammo... Kontribusiyani Rossiya to‘lamoqda. Checheniston byudjetining 85 foizini federal subsidiyalar to‘ldiradi.

Chechenistonni Rossiya tarkibida bo‘lishini itning beshinchi oyog‘iga o‘xshatishadi: borlikka bor, ammo foydasi yo‘q. Qodirovning Mishustinga parvo qilmayotgani katta muammolarning boshlanishi uchun signal bo‘lishi mumkin. Peskov va amaldagi Prezident Putin inqiroz davrida mintaqalardan birining haqiqatan ham ajralib chiqishiga ko‘z yumishga qaror qildimi?

Bu juda ko‘p narsani anglatadi:

1. Inqiroz shu qadar chuqur va tizimliki, hatto Federasiya sub’ekti nazoratidan mahrum bo‘lish ham ikkinchi darajali narsadir.

2. Kreml ichki siyosatdagi vaziyatni nazorat qilmaydi.

3. Chechenistonni yana imperiyaga qaytarish uchun byudjetdan "subsidiyalar"ning katta qismi talab qilinadi. Bularning barchasi yaqinlashib kelayotgan global moliyaviy, siyosiy, ijtimoiy inqiroz fonida mintaqaviy separatizm tendensiyasini yanada kuchaytiradi. 

4. Qodirovni tashqaridan ham qo‘llab-quvvatlanishi mumkin, chunki u Rossiya Federasiyasining tashqi siyosiy aloqalar bo‘yicha eng faol prezidenti. 

Va aynan o‘sha paytda Ramzan Qodirov Rossiyaning eng qudratli, xarizmatik va mustaqil rahbarlaridan biri sifatida “yo‘q” deyishga qaror qildi.

U allaqachon o‘z respublikasidan FSB boshchiligidagi imperiya xavfsizlik kuchlarini siqib chiqargan edi. Endi u yanada oldinga qadam tashlamoqda.

Manba: azon.uz

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!