Ana xolos! Qo‘qon ko‘chalari isiriq yordamida dezinfeksiya qilinishi hazil bo‘lib chiqdi

Ana xolos! Qo‘qon ko‘chalari isiriq yordamida dezinfeksiya qilinishi hazil bo‘lib chiqdi

18 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahri ko‘chalari isiriq yordamida dezinfeksiyasi qilinayotgani tasvirlangan video tarqalgandi. Qo‘qon shahr hokimligi matbuot xizmati ushbu holat bo‘yicha izoh berdi.

Qo‘qon shahar «Toza hudud» DUK tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, korxona xodimlari shahar va shahar atrofidagi maishiy chiqindilarni yig‘ib olishlari davomida maishiy chiqindilar bilan birga olingan cho‘g‘langan isiriq qoldiqlarini o‘chirish maqsadida avtomashina harakatlanayotganda bir-biriga hazil qilib, o‘ynashib, o‘zlarini ko‘rsatish uchun isiriq to‘liq yonib tugaguncha yo‘l-yo‘lakay tutatib ketgan.

«Ularning bu xatti-harakatlari shaharda olib borilayotgan koronavirusga qarshi dezinfeksiya ishlari bilan bog‘liq emas. Qo‘qon shahar hokimligi yoki boshqa mutasaddilar tomonidan mazkur holat bo‘yicha hech qanday ko‘rsatma berilmagan», — deyiladi xabarda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!