Ana xolos! Ota nega qizi yurak xurujidan o‘lganida o‘zida yo‘q sevindi?

Ana xolos! Ota nega qizi yurak xurujidan o‘lganida o‘zida yo‘q sevindi?

Uch yil avval Burkina-Fasoda qizi o‘lgan otaning sevinch yoshlariga guvoh bo‘ldim. Aytishicha, qizi kutilgan yurak xurujidan vafot etibdi, ota esa o‘zida yo‘q xursand...

Qishloq imomi bo‘lgan ota qarib qolgan, ustiga-ustak, kambag‘algina ekan. Bir paytlar qizi o‘qituvchilikka o‘qiyotib nasroniy diniga o‘tib ketibdi va nasroniy odamga turmushga chiqibdi. Ancha yillar keyin musulmonlarga qarashli maktabda ishlay boshlabdi va Islom bilan qaytadan tanishibdi. Eridan ajrashibdi va oradan hech qancha o‘tmay vafot etibdi.

Otasi shunchalar xursand ediki, shodlikdan qanot chiqarib uchib ketadigan darajada edi.

“Qizim musulmon bo‘lib o‘ldi”, – der edi ota sevinch yoshlarini to‘kkancha...

Hoshim Oqin

Turkchadan U. Adhamov tarjimasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!