Ana xolos! Non pasport bo‘yicha sotilayapti

Ana xolos! Non pasport bo‘yicha sotilayapti

Turkmanistonda non pasport bo‘yicha sotilayapti, un xarid qilish uchun esa bir oy avval ro‘yxatga yozilish kerak. Bu haqda «zamin.uz» nashri ma’lum qilmoqda.

Ashxoboddagi davlat do‘konida navbatda turgan kishilar safi tobora kengayib borayapti.

«Izdihom ertadan kechgacha davom etayapti. Kecha Turkmanboshi shohko‘chasidagi «Milliy market»da navbatda turib, kechga yaqin uyga kirib keldim. Bugun ertalab ishga otlanayotib yana do‘kon oldi gavjumligiga guvoh bo‘ldim: xuddi hech kim kechadan beri tarqamagandek. Asosiy mahsulotlar tanqis: shakar, un, moy...

Jurnalistlarning yozishicha, Turkmanistonning ko‘plab tumanlarida un yo‘q, sotilmayapti. Un olish uchun bir oy avval ro‘yxatga yozilish kerak ekan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!