Ana xolos! Kelinchak kirish imtihoni orasida tug‘ib, yana auditoriyaga qaytdi

Ana xolos! Kelinchak kirish imtihoni orasida tug‘ib, yana auditoriyaga qaytdi

Gvineyaning Mamu shahridan bo‘lgan 18 yoshli maktab o‘quvchisi Fatumata Kuruma Konde kirish imtihonlaridan biriga kelganda to‘lg‘oq tutib qolganini sezadi, deb yozmoqda«Zakon.kz».

U zudlik bilan kasalxonaga yetkazilgan va 10 daqiqadan so‘ng ko‘zi yorigan. Oila a’zolarini hayron qoldirib, qiz bir zumda o‘ziga kelgan va auditoriyaga qaytgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Kuruma Konde uyda qoldirishlaridan qo‘rqib, turmush o‘rtog‘i va oila a’zolaridan tug‘ruq vaqti yaqinlashayotganini yashirib kelgan. «Men bakalavriatga qabul imtihonlarining birortasini ham qoldirishni tasavvur qilolmasdim. Bunga yil davomida tayyorgarlik ko‘rgandim», — deb ta’kidlagan u.

Imtihon markazi rahbari Mohamed Diakite mahalliy matbuotda tarqalgan bu voqeaning haqiqatligini tasdiqlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!