Ana xolos! Homilador ayol salkam 2 metrlik ilonni o‘limdan saqlab qoldi

Ana xolos! Homilador ayol salkam 2 metrlik ilonni o‘limdan saqlab qoldi

AQShning shimoliy Arizona shtatida homilador ayol yo‘ldan bir ilonni olib tashladi va uni o‘limdan saqlab qoldi. Bu holat aks etgan video ayolni ancha mashhur qilib yubordi.

Tauni Rauch oziq-ovqat do‘konidan uyiga mashinada ketayotganida, yo‘lda 1,8 metr uzunlikdagi sohilbo‘yi chipor ilonini ko‘rib qoldi. "Men bunday katta ilonlarni ancha vaqtdan beri ko‘rmagandim", deb izohladi u. Amerikalik ayol ilonni suratga olish uchun mashinadan tushdi. Keyin u boshqa haydovchilar ilonni bosib, o‘ldirib ketishi mumkin deb o‘yladi.

Ruach ilonni qutqarishga qaror qildi. U kiyimini yechdi va sudraluvchini qo‘liga oldi. Eri bilan birgalikda ular ilonni uyga olib kelishdi, shundan so‘ng uni yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborishdi. Rauchning aytishicha, u Montanada o‘sgan va u yerda sohilbo‘yi chipor iloni va boshqa sudraluvchilar haqida ko‘p narsalarni bilib olgan.

Rauchning ilonni qutqarishi haqidagi video tarmoqda katta shuhrat qozondi.

Ma’lumot uchun, sohilbo‘yi chipor iloni — Shimoliy Amerikada yashovchi 2,1 metr uzunlikkacha yetadigan ilon. Xavfli vaziyatda bu ilonlar hushtak va shovqinli tovushlarni chiqaradi, tanani shishiradi va hujumkor holatga kiradi. Ushbu tur vakillari tishlash o‘rniga, dushmanga bosh bilan zarba beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!