«Ana shunday imom qani, ana shunday podshoh qani?»

«Ana shunday imom qani, ana shunday podshoh qani?»

Misr podshohi Abu Mansur Tegin mashhur hanafiy olimi Imom at-Tahoviy rohimahullohning xonadonlariga tashrif buyurgan ekan.

"Men Sizga qizimni bermoqchiman", debdi podshoh. U zot qabul qilmabdilar.

"Molga ehtiyojingiz bormi?" deb surabdi. Imom at-Tahoviy rohimahullox mol-dunyoga ehtiyoji yo‘qligini aytibdi. Podshoh: "Sizga yer-mulk iqto’ qilib beraylikmi?, debdi. U zot qabul qilmabdilar. Shunda podshoh: "Mendan xohlagan narsangizni so‘rang", debdi.

Imom at-Tahoviy rohimahulloh: "Bir gap aytsam, eshitasizmi? Gaplarimga quloq solasizmi?" debdilar. Podshoh u zotning gaplarini tinglashni va quloq solishini aytibdi. Imom at-Tahoviy rohimahulloh: "Diningizni saqlang, din-diyonatni asrang! Toki, yurtingizni tashlab qochib ketmaysiz. O‘limdan oldin joningizni do‘zaxdan qutqarish uchun xayrli ishlarni qiling. Odamlarning dod-faryodidan saqlaning, zulm-sitamdan uzoq buling!" deb maslahat beribdi. Abu Mansur Tegin shundan so‘ng Misr aholisiga biror marta zulm qilmagan ekan.

Ana shunday imom qani, ana shunday podshoh qani!?

Hamidulloh Beruniy

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!