Amerikalik rassom hamkasbining 120 ming dollarlik asarini yeb qo‘ydi

Amerikalik rassom hamkasbining 120 ming dollarlik asarini yeb qo‘ydi

Amerikalik rassom David Datuna italiyalik Maurisio Kattelanning asarini yeb qo‘ydi. Mazkur hodisa Mayami-Bichdagi “Art-Bazel” zamonaviy san’at ko‘rgazmasida ro‘y berdi, deya yozadi Miami Herald portali.

Devorga skocht bilan yopishtirilgan eksponat, ya’ni banan mevasi ilgari fransiyalik kolleksiya to‘plovchiga 120 ming dollarga sotilgan bo‘lgan.

Datuta bananni yeb qo‘ygan va buni “Och rassom” shousi deb atagan. Polisiya xodimlari uni ko‘rgazma zalidan olib chiqishgan, biroq hibsga olishmagan.

San’at asarini yangisiga almashtirishgan. Galereya direktori Lyusyen Terras asarni yo‘q qilib bo‘lmaslikni aytgan, chunki “banan – bu g‘oya”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!